09:49 / 12.01.2017
4768

Xitoyda mashhur insonlarning ismini o‘z nomida ishlatgan savdo markalari taqiqlandi

Illyustrativ surat

Xitoyda mashhur kishilarning ismini o‘z nomida qo‘llagan savdo markalarini ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda Xitoy xalqaro radiosi mamlakat oliy sudi qaroriga asosan xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, taqiqlov mavjud bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo markalariga tegishli bo‘lmaydi. Sud qaroriga ko‘ra, mashhur kishilarning ismini savdo markalari nomida ishlatish iste'molchilarni chalkashtirishi va jamiyat manfaatlariga zarar keltirishi mumkin.

Xitoy xalqaro radiosi bunday savdo markasiga misol tariqasida Li Ning’ni (Li Nin) keltirgan. U mashhur xitoylik gimnast sharafiga qo‘yilgan.
 

Top