Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublikaning Rossiyadagi elchisi Marat Tajinni o'z ma`muriyati rahbarining birinchi o'rinbosari etib tayinladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

56-yoshli Tajin Rossiyada elchi sifatida 2014 yilning 11 fevral kunidan boshlab ishlab kelgan.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko'ra, Nazarboyev o'z ma`muriyati rahbari o'rinbosari Baglan Maylibayevni vazifasidan ozod qilish to'g'risidagi farmonga imzo chekkan. U bu lavozimda 2011 yilning oktabridan ishlab kelgan.