Menni Pakyaoning navbatdagi raqibi aniqlab olindi

Sport 12 Yanvar 2017 9721

Filippinlik superbokschi Menni Pakyaoning navbatdagi raqibi avstraliyalik Jyeff Xorn bo'ladi. Bu haqda Pakyaoning promouteri Bob Arum ma`lum qildi.  

Jang 22 aprelda Avstraliyaning Brisben shahridagi, 50 ming tomoshabinni sig'dira oladigan Suncorp Stadium stadionida bo'lib o'tadi.

37 yoshli Pakyao ayni vaqtda WBO versiyasi bo'yicha yarim o'rta vaznda jahon chempioni unvoniga ega. Filippinlik sportchi hisobida 59 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat va 2 ta durang natija bor.  

Uning raqibi 28 yoshli Xorn hisobida 16 ta g'alaba va bitta durang bor. Hozirda Xorn WBO reytingida Pakyaodan keyin 2-o'rinni egallamoqda.

Ko'proq yangiliklar: