Messining nega «Barselona» bilan shartnomani uzaytirmayotgani sabablari aytildi

Sport 12 Yanvar 2017 17350

«Barselona» bosh direktori Oskar Grau jamoa hujumchisi Lionel Messining shartnoma bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Bu fikrni bir joyga jamlab, kallani ishlatgan holda hal qilinishi lozim bo'lgan jiddiy masala.

Klub o'zi ishlab topgan pulning 70%idan ortig'ini maosh sifatida to'lay olmaydi. Shunday ekan biz, ilojsiz narsani amalga oshirishimiz kerak bo'ladi.

Bitta yo'li – foyda miqdorini oshirish. Bu bizning strategik rejalarimizga kiritilgan. Biz dunyoning eng yaxshi futbolchisini o'zimizda saqlab qolishni istaymiz, ammo shu bilan birga o'z imkoniyatlarimizni ham to'g'ri chamalab olishimiz zarur.

«Barselona» futbol tarixidagi eng kuchli futbolchini saqlab qolishni istaydi. Men muxlislarni tinchlantirishni istayman, ammo sog'lom fikrga kelish uchun vaqt kerak», – degan Grau.

Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida poyoniga yetadi.

Ko'proq yangiliklar: