Obama Braziliya sobiq prezidenti Russeffning impichmentini tashkillashtirishda ayblandi

Jahon 12 Yanvar 2017 7962
Дилма Руссефф / Архив сурат

Braziliya prezidenti lavozimidan iste`foga chiqarilgan Dilma Russeffning impichmenti Oq uyning ketayotgan rahbari Barak Obama ko'rsatmasi bilan tashkillashtirilgan. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Managuada ma`lum qildi.
 

"Aynan Obama Dilma (Russeff)ni hukumat tepasidan ketkazishga ko'rsatma bergan. Siz ushbu to'ntarishga oid hujjatlar paydo bo'lgach hamda u AQSh elchixonasi tomonidan tashkil etilganini ko'rgach, mening so'zlarimni eslaysiz", - deya Venesuela yetakchisining so'zlarini keltiradi Globovision telekanali.

Braziliyalik senatorlar 2016 yilning 31 avgust kuni ko'pchilik ovoz bilan avvalroq prezidentlik lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan Dilma Russeffga impichment e`lon qilish to'g'risidagi tashabbusni qo'llab-quvvatladi. Bir necha soat o'tib, oldingi ma`muriyatda vitse-prezident vazifasini bajargan Mishel Temer davlat rahbari lavozimiga rasman kirishdi. Sobiq prezident himoyasi bu qarordan norozi bo'ldi hamda qonunchilar xatti-harakatini “parlament to'ntarishi” deb atadi. Russeff ishtirokchilari respublikadagi iqtisodiy vaziyatni tanqid qilgan va hukumat o'zgarishini talab qilgan ko'pminglik norozilik aksiyalari sabab iste`foga jo'natildi.
 

Ko'proq yangiliklar: