20:30 / 12.01.2017
20950

Shavkat Mirziyoyev BAAga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahyonga Afg‘onistonning Qandahor shahrida BAA gumanitar missiyasi vakillarining nobud bo‘lgani munosabati bilan ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.

O‘zbekiston TIV saytida keltirilishicha, davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik hamda dalda so‘zlarini yetkazishni so‘ragan.

Top