Suares «Barselona» safidagi 100-golini nishonladi

Sport 12 Yanvar 2017 3315
Фото: Twitter/FCBarcelona
Foto: Twitter/FCBarcelona

«Barselona» Ispaniya kubogi 1/8 finali javob uchrashuvida «Atletik» bilan uchrashdi. Uchrashuv 3:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo'ldi.

Uchrashuvdagi gollardan birini urugvaylik futbolchi Luis Suares kiritdi va bu uning «Barsa» safidagi 100-goli bo'ldi.

29 yoshli futbolchiga bu yubiley golga erishish uchun jamoa safida 120 ta o'yin o'tkazish kifoya qildi.

Shuningdek, bu gol «Barsa» hujumkor bog'lamining 300-goli bo'ldi: Lionel Messi (124), Neymar (76) va Suares (100) birga o'ynayotganlaridan beri umumiy hisobda aynan shuncha gol kiritishgan.

Ko'proq yangiliklar: