Temir yo'l relslarida yasalgan qorbobo sabab falokat yuz berishiga bir baxya qoldi

Jamiyat 12 Yanvar 2017 7862
Иллюстратив сурат

Germaniyada noma`lum kimsalar tomonidan shundoq temir yo'l relslarida yasab ketilgan 1,5 metr balandlikdagi qorbobo sabab temir yo'l falokati yuz berishiga bir baxya qoldi. Gap shundaki, yo'lda kelayotgan poyezd mashinisti oldidagi qorboboni odam deb o'ylab, favqulodda tormozlashni amalga oshirgan. 

Bild nashrining yozishicha, voqea Vezenberg shaharchasi yaqinida yuz bergan. Yaxshiyamki, poyezd yo'lovchi emas, yuk poyezdi bo'lgan. Oqibatda poyezdning tormoz tizimi jiddiy shikastlangan, uni ta`mirlash 5 ming dollarga baholangan. 

Mahalliy politsiya ma`lumotlariga ko'ra, qorboboni uch kishi yasagan. Hozirda ular qidirilmoqdalar.  

Mashinist poyezdni qorbobogacha tormozlashga ulgurgan-ulgurmagani ma`lum qilinmagan.
 

Ko'proq yangiliklar: