Tillerson Ukrainaga o'qotar qurollar yetkazib berish g'oyasini ma`qulladi

Jahon 12 Yanvar 2017 5259
Фото: AP

AQSh davlat kotibligi uchun nomzod Reks Tillerson Senatdagi eshituvlarda Ukrainaga o'qotar qurollar yetkazib berish fikrini bildirgan. Uning fikricha, Donbassda jangovar harakatlar davom etadigan bo'lsa, Amerika tomoni shunday yo'l tutishi kerak. 

«Menimcha, Ukraina o'zini ziddiyatning kengayishi yoki agressiyadan himoya qila olishi uchun qo'llab-quvvatlashimiz kerak», — degan Tillerson. 

Davlat kotibligiga nomzod, shu mazmundagi savolga javob berar ekan, qayd etishicha, bunday qaror qabul qilish uchun turli manfaatdor idoralar ishtirokida milliy xavfsizlik kengashi bilan maslahatlashadi. Shu bilan birga, u jangovar qurol-yarog'lar yetkazib berish qarorini ma`qullashini tasdiqlagan. 

Avvalroq, Tillerson Rossiya Qrimni egallab olish bilan Ukrainaga nisbatan agressorga aylanganini aytgan edi. 

Ko'proq yangiliklar: