Tramp daromadlarining bir qismini AQSh byudjyetiga o'tkazadi

Jahon 12 Yanvar 2017 5389
Фото: AP

Donald Tramp oilasiga tegishli butun dunyodagi mehmonxonalarda xorijiy hukumatlar yashashidan tushadigan daromad AQSh g'aznasiga o'tkaziladi. Bu haqda Trampning huquqshunosi Sheri Dillon ma`lum qildi. 

"Prezident etib saylangan Tramp uning mehmonxonalarida yashash uchun xorijiy hukumatlar to'laydigan haqdan olinadigan daromadni ko'ngilli tarzda AQSh g'aznasiga xayr-ehson qiladi. Shu tariqa, bundan amerikaliklar foyda ko'radi", deb aytdi Dillon. 

Dillonning aytishicha, shu yo'l bilan "manfaatlar ziddiyati"dan qochishga muvaffaq bo'linadi. "Biz aminmizki, bunday tuzilma va qadamlar saylangan prezidentning biznes manfaatlaridan uzoqlashishga intilishini qondirishga imkon beradi va odamlarning uning yagona maqsadi – Amerikani yana buyuk qilish ekanligiga ishonchini ta`minlaydi", deb qo'shimcha qildi huquqshunos.

Avvalroq Dillon Tramp ishtirokidagi matbuot anjumanda uning barcha aktivlari inauguratsiyasigacha trast boshqaruvga topshirilishini aytgandi. Dillonning aytishicha, Tramp AQSh prezidenti bo'lgan vaqtda uning kompaniyasi xorijda hech qanday shartnomalar tuzmaydi, mamlakat ichidagi bitimlar esa manfaatlar ziddiyati holatiga qattiq nazorat ostida o'tadi. Tramp o'z kompaniyasi bilan aloqa qilmaydi, biroq o'z aktivlaridan voz kechmaydi. Uning biznesini katta o'g'illari – Kichik Donald va Erik boshqaradi.

Ko'proq yangiliklar: