Trampning qizi Ivanka biznesni tark etadi

Jahon 12 Yanvar 2017 10170
Фото: Dni.ru

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishganidan so'ng, uning qizi Ivanka vaqtincha Trump Organization va liboslar hamda aksessuarlar ishlab chiqaruvchi o'z kompaniyasini tark etadi. 

11 yanvarda ma`lum qilinganidek, Ivankaning turmush o'rtog'i, Trampning kuyovi Jared Kushner AQSh saylangan prezidentining Oq uydagi katta maslahatchisi bo'ladi. Ammo, Ivankaning o'zi Oq uyda ishlamaydi. 

"Otam Amerika Qo'shma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini egallaganidan so'ng, men Trump Organization va o'z nomimdagi liboslar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyadan vaqtincha dam olaman. Men ikkala kompaniya boshqaruvi va ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmayman", — deb yozgan Ivanka Facebook sahifasida.

Donald Tramp esa, uning biznesi ikki o'g'li Donald kichik va Erik boshqaruviga o'tishini ma`lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, o'g'illari kompaniyani "malakali" boshqarishadi va u bilan hech narsani muhokama qilmaydi. 

Ko'proq yangiliklar: