16:56 / 12.01.2017
8607

Turkiya chegaralarida insonning yuzidan uning shaxsini aniqlovchi tizim o‘rnatilmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Turkiya hukumati mamlakatning chegara nazorat nuqtalarida xavfsizlik darajasini oshirish uchun insonni yuzidan taniy oladigan tizimlarni o‘rnatmoqda. Bu haqida Turkiya bojxona va savdo vaziri Bulent Tufenkchi bergan xabarga asoslanib, Anadolu nashri ma'lum qildi. 

"Agar qidiruvdagi shaxs chegaradan yo‘lovchi va transport vositalari haydovchilari bilan birga o‘tishga harakat qilsa, yangi tizim uning shaxsini aniqlaydi. Bu innovatsiya xalqaro terrorizm va jinoyatchilik bilan kurashishga muhim hissa qo‘shadi", - dedi Tufenkchi.

"Bundan tashqari, chegaradan o‘tayotgan kishilar surati politsiya bosh boshqarmasi bilan hamkorlikdagi ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. Bu kelajakda jinoyatchilarni javobgarlikka jalb qilish, noqonuniy migratsiya, kontrabanda, shu jumladan qurol va giyohvand moddalar kontrabandasi, odam savdosi bilan yanada samarali kurashishda yordam beradi", - qo‘shimcha qildi u. 

Manbaga ko‘ra, yangi tizim Turkiyaning Eron, Iroq va Suriya bilan 11 chegara nazorat nuqtasida o‘rnatilgan. 

Top