22:07 / 12.01.2017
6565

Turkiya yirik xorijiy investorlarning fuqarolik olishini osonlashtirdi

Turkiya Vazirlar mahkamasi mamlakat fuqaroligini berish tartibiga o‘zgartirish kiritdi va yirik xorijiy investorlarning fuqarolik olishini soddalashtirdi. Bu haqda Resmi Gazete xabar tarqatdi.

O‘zgarishga ko‘ra, Turkiya bir million dollarlik mulk olgan va ikki million investitsiya kiritganlarga fuqarolik beradi.

Shuningdek, Turkiya fuqaroligini hukumatdan 3 yil muddatga obligatsiyalar sotib olgan yoki Turkiya banklariga kamida 3 million dollar sarmoya kiritib (3 yil qaytarib olmaslik sharti bilan), kamida 100 kishi uchun ish o‘rni yaratgan xorijliklar olishi mumkin bo‘ladi. 

Top