10:24 / 12.01.2017
4944

«Yuventus» «Atalanta»ni yengib, Italiya kubogi chorakfinaliga chiqdi

Foto: Twitter/Juventusfc

Italiya kubogining 1/8 finalida «Yuventus» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘olib jamoa safida gollarni Paulo Dibala, Mario Manjukich va Miralim Pyanich o‘z hisoblariga yozib qo‘ydilar. «Atalanta» safida Abdulay Konko va Emmanuel Latte Lat javob to‘plari kiritdilar.

Chorak finalda «Yuventus» «Milan» — «Torino» juftligi g‘olibi bilan uchrashadi. Bu uchrashuv 12 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Italiya kubogi. 1/8 final.

Yuventus – Atalanta – 3:2
Gollar: 1:0 – Dibala (22), 2:0 – Manjukich (34); 2:1 – Konko (72), 3:1 – Pyanich (75, pen), 3:2 – Latte Lat (81).

Mavzuga oid
Top