WSJ Trampga qarshi «hujjat» mavjudligini bildirgan josus ismini oshkor qildi

Jahon 12 Yanvar 2017 8194
Фото: Getty Images

Buyuk Britaniya razvedka xizmatlarining sobiq xodimi Kristofer Stil o'tgan kunlarda OAVda e`lon qilingan hisobotni tuzib chiqqan. O'sha hujjatlarda rasmiy Moskva ixtiyorida AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni, talab qilib qolinganda obro'sizlantiradigan ma`lumotlar yig'ilgani ta`kidlanadi, deb yozadi The Wall Street Journal gazetasi vaziyat bilan yaxshi tanish manbasiga asoslangan holda. 

Ta`kidlanishicha, hozirda 52 yoshli Stil Orbis Business Intelligence xususiy kompaniyasining direktorlaridan biridir. Mazkur tashkilot xavfsizlikni ta`minlash va turli tergov-surishtiruv ishlarini olib borish bilan shug'ullanadi. 

11 yanvar kuni ayrim nashrlarda AQSh razvedkasi Rossiya ixtiyorida Trampga qarshi hujjatlar mavjudligidan xabar topgani haqida ma`lumotlarni chop etgan edi. Shundan so'ng, milliarder Tramp AQShni, ushbu josuslik ma`lumotini tekshirib ko'rmasdan e`lon qilgani uchun natsistlar Germaniyasiga qiyoslagan edi. 

Ko'proq yangiliklar: