Janubiy Koreya og'ir sanoatida ishlashni xohlaganlarga viza berish osonlashadi

Jamiyat 12 Yanvar 2017 11759
Фото: Be Korea-savvy

Janubiy Koreyada tahsil olayotgan xorijlik talabalar, agar mamlakatning asosiy sanoat sohalarida ishlashni xohlasa, talabalik vizasini ishchi vizaga o'zgartirib olishiga ruxsat beriladi. Bu haqda Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi xabariga asoslanib Yonhap axborot agentligi ma`lum qilgan.

Bugungi kunda aksariyat ishchilar asosan yengilroq va yuqori maosh to'lanadigan ishlarga murojaat qilayotgani sababli og'ir sanoat ishchi kuchi yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Shu munosabat bilan Janubiy Koreya hukumati ishchi kuchi taqchilligiga barham berish maqsadida ma`lum toifadagi ishlab chiqarish sohalarida mehnat qilish uchun ishchi viza berish tartibi osonlashtirilishini ma`lum qildi.

Mahalliy kollejlarda hukumatning kasb-hunar dasturi bo'yicha tahsil olayotgan 120 nafar xorijlikka birinchi bo'lib yangi viza tartibi joriy etiladi. Vazirlikning ma`lum qilishicha, Koreya kollejlarida tahsil olayotgan chet elliklar murojaatlari 13 yanvarga qadar qabul qilinib, yanvar oxirigacha viza berish tartibi yakunlanadi.

Ko'proq yangiliklar: