18:44 / 13.01.2017
8270

APLda o‘tgan oyning eng yaxshilari aniqlandi

APLda dekabr oyi bo‘yicha eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi hamda eng chiroyli gol muallifi aniqlanib, ularga maxsus sovrinlar topshirildi.

«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte APLning dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Natijada 47 yoshli italiyalik mutaxassis premer-liga tarixida bu sovrinni ketma-ket uch marta qo‘lga kiritgan birinchi murabbiyga aylandi.

Oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun undan tashqari «Tottenhem» bosh murabbiyi Pochettino, «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp hamda «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino da'vogar bo‘lgandi.

«Chelsi» dekabr oyida 6 ketma-ket oltita uchrashuvda g‘alaba qozondi. Bu muddatdagi uchrashuvlarda to‘plar nisbati 13:3ni tashkil qilgan.

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrhgimovich Angliya chempionatida dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi.

Ushbu 35 yoshli futbolchi dekabrda 6 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol urgan va 3ta golga uzatma bergan.

Oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun shvetsiyalik futbolchidan tashqari Adam Lallana, Aleksis Sanches, Kristian Eriksen, Dele Alli, Diyego Kosta, Gari Keyhill va Ibrahimovichning jamoadoshi Pol Pogba ham da'vogar bo‘lgandi.

Muxlislar «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryanning golini dekabr oyidagi eng chiroyli gol deb topishdi.

APL doirasidagi 18-turning «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvda (3:1) futbolchi ofsayddan «chayon zarbasi» usulida gol kiritgandi.

 

Top