17:38 / 13.01.2017
3400

Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri davlat mablag‘larini o‘zlashtirgani sabab ishdan ketdi

Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri Syuzan Li davlat mablag‘larini talon-toroj qilgani uchun ayblovlar fonida iste'foga chiqishga majbur bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Vazir bilan bog‘liq mojaro Lining Gold-Kost qimmatbaho kurortiga safarlari tufayli kelib chiqdi. Ularga soliq to‘lovchilarning mablag‘idan tashkil topgan fondlardan xarajat qilingan. U shunday safarlarning birida “lyuks” toifasidagi xonani taxminan 800 ming dollarga ijaraga olgan. Amaldorning o‘zi bunday xarid “o‘ylamasdan” amalga oshirilganini tan olgan.

"Avstraliyaliklar siyosatchilar soliq to‘lovchilarning mablag‘ini kerakli sohalarga to‘g‘ri sarflashini kutishga haqli", - deya ma'lum qilgan mamlakat bosh vaziri Malkolm Ternbull.

Ta'kidlanishicha, sog‘liqni saqlash vazirining iste'fosi hukumatga 2015 yilning sentabrida kelgan bosh vazir mahkamasidagi ilk lavozim o‘zgarishi bo‘ldi.

Top