17:16 / 13.01.2017
10022

«Barselona» va «Real» Ispaniya kubogi 1/4 finalidagi raqiblarini bilib olishdi

13 yanvar kuni Ispaniya kubogining 1/4 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, g‘oliblik uchun asosiy da'vogar deya qaralayotgan uch jamoa «Barselona», «Real» va «Atletiko» o‘zaro o‘ynamaydigan bo‘ldi.

Bu bosqichda «Barselona»ga noqulay raqibi «Real Sosedad» ro‘baro‘ keladigan bo‘ldi. «Real» esa «Selta» bilan o‘yinda yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Ispaniya kubogining chorak final uchrashuvlari ham ikki uchrashuvdan iborat bo‘lib 17-18 va 24-25 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya kubogi
1/4 final

«Real Sosedad» - «Barselona»
«Alkorkon» - «Alaves»
«Atletiko» - «Eybar»
«Real» - «Selta»

Mavzuga oid
Top