08:02 / 13.01.2017
3792

Damashqdagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Suriya poytaxti Damashqning Al-Mazza tumanida, mudofaa infratuzilmasining ko‘plab obektlari joylashgan Kfar-Susa mavzesida portlash sodir etildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, portlashni terrorchi-xudkush amalga oshirgan. 

Avvalroq Damashqdagi harbiy aeroport yaqinida bir qator portlashlar sodir etilgani, u yerga ko‘plab tez yordam mashinalari yetib kelgani ma'lum qilingandi.

Top