18:15 / 13.01.2017
5943

Dubayda Tramp kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalar bekor qilingani tasdiqlandi

Dubaydagi Damac developerlik kompaniyasi Donald Trampning The Trump Organization kompaniyasi qiymati ikki milliard dollar bo‘lgan qo‘shma loyihalardan voz kechganini ma'lum qildi. Bu haqda The National nashrida xabar berilgan.

Damac vakilining xabar berishicha, “muzokaralar o‘tkazildi, biroq Trampning kompaniyasi takliflarni rad etdi”.

“Bu takliflar ko‘chmas mulk sohasiga tegishli edi”, - dedi u.

Damac millarderning kompaniyalari bilan birinchi bitim – Tramp nomidagi golf-klub haqida 2013 yilning mayida ma'lum qilgandi. Uning qurilishi deyarli yakunlandi hamda fevralda o‘z ishini boshlashi kutilmoqda.

Boshqa loyihalar ham ko‘chmas mulk sohalariga tegishli bo‘lgan.

 

Top