19:34 / 13.01.2017
8389

Erdo‘g‘an: Turkiya qo‘shinlari Kiprni tark etmaydilar

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turk qo‘shinlarining Kiprdan olib chiqilishiga qarshi ekanligini aytdi, deb xabar bermoqda NTV telekanali. 

"Shimoliy Kipr samimiy pozitsiyasini namoyon qilmoqda, biroq Gretsiya Turkiyadan kafolatlovchi davlat sifatida boshqa narsalarni kutishda davom etmoqda. Turk harbiylari Kiprni tark etishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas", deb aytdi Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘an Turkiya ishtirokisiz Kipr xavfsizligi kafolatlari masalasi bo‘yicha kelishib bo‘lmasligini aytdi.

Uning aytishicha, BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annanning orolni birlashtirish rejasi "boshqa amal qilmaydi", biroq ayni vaqtda "muzokaralar jarayonining yangi sahifasi ochilgan". 

Mavzuga oid
Top