18:31 / 13.01.2017
4450

Namangan viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirib, aholi murojaatlarining o‘z vaqtida hamda sifatli hal etilishida muhim omil bo‘lmoqda. 

Xususan, Namangan viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Mahkamova Zulayho Bahriddinovnaning  virtual qabulxonasi ish boshladi. Bu haqda  Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha bosh mutaxassisi  A.Valiyev Kun.uz’ga xabar berdi.

2017 yilning 13 yanvar kuni ochilgan «Namangan viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi raisining virtual qabulxonasi»  mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan.

Top