18:55 / 13.01.2017
5586

Pan Gi Mun Janubiy Koreya prezidentlik saylovida ishtirok etish huquqiga ega

BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun uzoq vaqt mamlakat tashqarisida bo‘lganiga qaramay, Koreya respublikasidagi prezidentlik saylovida qatnashish huquqiga ega. Bu haqda, Janubiy Koreya Markaziy saylov komissiyasida ma'lum qilishdi. 

Matbuot bayonnomasida qayd etilishicha, "saylov qonunchiligi mamlakatning Koreya respublikasida 5 yildan ortiq istiqomat qilgan va 40 yoshdan oshgan har qanday fuqarosiga prezidentlik uchun nomzodini ilgari surishga ruxsat beradi". "Shunday qilib, Pan Gi Mun davlat rahbarligi uchun saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega", - deya xulosa qiladi MSK. 

Avvalroq, bu mavzu mamlakatda keng muhokamaga sabab bo‘lgan edi. Chunki, Pan Gi Mun 2007 yilda BMT bosh kotibi bo‘lgach, uzoq vaqt mamlakatida doimiy yashamagan. Ko‘plab siyosatshunoslar, qonunchilik uning prezident lavozimiga kurash olib borishiga ruxsat berishini aytishgan edi. MSKning aniqlik kiritishicha, saylov qonunchiligining avvalgi tahriri, nomzodning so‘nggi besh yilda Janubiy Koreyada istiqomat qilgan bo‘lishini talab etgan. Biroq, keyinchalik bu talabdan voz kechishgan. 

Pan Gi Mun 12 yanvarda Nyu-Yorkdan vataniga qaytib kelgan. U, aeroportdagi jurnalistlarning bo‘lg‘usi prezidentlik saylovida ishtirok etishi mumkinligiga doir savollariga javob bermagan. Bundan avval, Pan Gi Mun shunday bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. 

So‘nggi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Pan Gi Mun davlat rahbarligi uchun ikkinchi asosiy da'vogar hisoblanadi. Uning nomzodiga 20 foiz saylovchi ovoz berishi mumkin. Muxolifatdagi "Toburo" demokratik partiyasi sobiq yetakchisi Mun Chje Inga 28 foiz saylovchi ovoz berishi ehtimol. 

Joriy yilda Koreyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Agar mamlakat Konstitutsiyaviy sudi parlamentning prezident Pak Kin Xega nisbatan impichmentini ma'qullasa, prezidentlik saylovi yilning birinchi yarmida, aks holda dekabr oyida bo‘lib o‘tadi. 

Top