12:40 / 13.01.2017
4595

Rojyer Federer oxirgi 15 yilda ilk marta kuchli o‘nlikdan tashqarida qoldi

Shveytsariyalik tajribali tennischi yigirmatalikdan tashqarida qolishiga ham bir baxya qolgan.

Australian Open-2017 tashkilotchilari saralangan tennischilar ro‘yxatini ma'lum qildi. Birinchi raqamda Endi Marrey. «Katta dubulg‘a» turnirlarida 17 marta g‘olib chiqqan Rodjyer Federer esa 17-raqam bilan tasniflangan. U keyingi 15 yilda ilk marta top-10dan tashqarida qoldi, Federer US Open-2002 turniridan keyin hamisha kuchli o‘nlikda bo‘lib kelgan.

Top-10, erkaklar
1. Endi Marrey (Buyuk Britaniya)

2. Novak Jokovich (Serbiya)

3. Milosh Raonich (Kanada)

4. Sten Vavrinka (Shveytsariya)

5. Key Nisikori (Yaponiya)

6. Gael Monfis (Fransiya)

7. Marin Chilich (Xorvatiya)

8. Dominik Tim (Avstriya)

9. Rafael Nadal (Ispaniya)

10. Tomash Berdix (Chexiya)

Top-10, ayollar:

1. Anjyelik Kerber (Germaniya)

2. Serena Uilyams (AQSh)

3. Agneshka Radvanskaya (Polsha)

4. Simona Haleb (Ruminiya)

5. Karolina Plishkova (Chexiya)

6. Dominika Tsibulkova (Slovakiya)

7. Garbine Mugurusa (Ispaniya)

8. Svetlana Kuznetsova (Rossiya)

9. Joanna Konta (Buyuk Britaniya)

10. Karla Suares Navarro (Ispaniya)

Top