20:02 / 13.01.2017
18654

Video: Istanbuldagi 6 qavatli bino qulab tushdi

Istanbul shahrining Zeytinburnu tumanida joylashgan 6 qavatli bino qulashi oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, 5 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. Bu haqda NTV telekanali saytida xabar berildi.

Bu uy ancha vaqtdan buyon avariyaviy holatda bo‘lib kelgani aytilgan. Uy qulashidan oldin uning ichida hech kim bo‘lmagan.

Ayni vaqtda hududda qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Xarobalar orasida yana odamlar bo‘lishi mumkin.

Voqea joyida olingan videotasvirlar internetda tarqalgan.

Mavzuga oid
Top