12:43 / 14.01.2017
4608

AQSh Liviyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirdi

foto: AFP

Prezident Barak Obama Liviya bilan munosabatlardagi favqulodda holat tartibini uzaytirdi. Bunga ushbu mamlakatdagi vaziyat sabab qilib ko‘rsatilgan, deyiladi Oq uy matbuot xizmati xabarida. 

"Liviyadagi vaziyat AQSh milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda. Va biz, Qozzofiy to‘dasining ayrim a'zolari va tuzumining ba'zi sobiq vakillariningn mablag‘larni boshqa maqsadlarda qo‘llashi yoki turli g‘arazgo‘yliklarni sodir etishidan himoyalanishimiz kerak", — deya izoh berilgan Obama qaroriga. 

Shu bilan 2011 yil fevralidagi 13566 sonli Liviyaga nisbatan jazo chorasi yana bir yilga uzaytirilgan. 

Top