23:52 / 14.01.2017
7756

Xalqaro koinot stansiyasidagi fazogir Instagram’da akkaunt ochdi

14 yanvarda Xalqaro koinot stansiyasidagi rossiyalik fazogir Oleg Novitskiy Instagram’da akkaunt ochdi va stansiyada olingan suratlar bilan bo‘lishdi. U ochiq qoinotga chiqqani, nanoyo‘ldoshning uchirilishi, eski Yangi yilning xorijlik hamkasblari bilan nishonlanishi va koinotdagi ichki muhit suratlari bilan bo‘lishdi. 

@novitskiy_iss deb nomlangan akkauntda hozircha bor-yo‘g‘i 2 mingdan sal ko‘proq obunachi bor. Novitskiyning o‘zi esa NASA, "Roskosmos" koinot agentliklari va boshqa fazogirlarning akkauntlariga obuna bo‘lgan. U, jumladan, Yerning koinotdan olingan suratlarini chop etib boruvchi Oleg Artyomev akkauntiga ham obuna bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top