14:36 / 14.01.2017
5755

Xitoy tilining lotincha transkripsiyasi muallifi 112 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Wikipedia

Xitoyda xitoy tilining butun dunyoda tan olingan lotincha transkripsiyasi - pinin muallifi Chjou Yuguan vafot etdi, deb xabar bermoqda The Paper.

Ta'kidlanishicha, 13 yanvar kuni Yuguan o‘zining 111 yoshga to‘lganini nishonlagan. Chjou Yuguan 1906 yil 13 yanvarda Tszyansu viloyatining Chanchjou shahrida dunyoga kelgan. 

Pinin xitoy tili fonetikasining lotin harflaridan foydalangan holda aks ettirish tizimi hisoblanadi. Rasman u Xitoyda 1958 yilda tasdiqlangan, 1979 yilda butun dunyoda foydalana boshlangan edi. 

Yuguan bir necha xorijiy til: ingliz, yapon va fransuz tilini mukammal bilgan. 
 

Top