07:57 / 14.01.2017
12635

Obama Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Foto: EPA

2017 yil 20 yanvarda vakolati yakunlanadigan AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainadagi voqealar sababli Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati e'lon qilgan hujjatlarda so‘z yuritilgan. 

Obamaning fikricha, "Rossiya Federatsiyasining harakati va siyosati", "AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga nisbatan favqulodda va o‘ziga xos tahdid uyg‘otishda davom etmoqda". "Shu boisdan, Ukrainaga nisbatan qabul qilingan 13660 sonli farmonga muvofiq, favqulodda holat (sanksiya) tartibini uzaytirish lozim deb qaror qildim", - deb qayd etgan prezident.

Shunday qilib, sanksiya yana bir yilga uzaytirildi. Farmonning o‘zi 2014 yil 6 martida qabul qilingan edi. 

Umuman, Ukrainadagi voqealar sababli, AQSh prezidenti Rossiyaga nisbatan 3 marta farmon qabul qilgan edi. 

Mavzuga oid
Top