AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp “yagona” Xitoy siyosatini albatta qo'llab-quvvatlashi lozim, degan fikrdan yiroqligini ma`lum qildi. U bu haqda The Wall Street Journal’ga bergan intervyusida aytib o'tgan.

“Hamma muzokaralar jarayonida, jumladan, Xitoy ham”, - deya ta`kidlab o'tdi u.Avvalroq, Xitoy hukumati AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Tayvannni qo'llab-quvvatlayotganidan xavotirda ekani xabar qilingandi. Mamlakat qisman tan olingan respublikani mustaqillikka erishish harakatini cheklash bo'yicha ma`lum choralar ko'rmoqchi.