10:40 / 14.01.2017
11158

Turkmaniston rahbari bosh vazirning ikki o‘rinbosarini alishtirdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbari va hukumat devoni ishlar boshqaruvchisi bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Satlik Satlikovni o‘z vazifasidan ozod qildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Prezident tomonidan tegishli qaror hukumatning 2016 yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida qabul qilindi.

Shamuxammet Durdiliyev esa Ashxobod hokimi etib tayinlandi. U hukumatda qurilish va elektroenergetika masalalariga javob bergan. Transport va aloqaga javobgar bo‘lgan Satlik Satlikov Balkon viloyati (Turkmaniston g‘arbidagi viloyat) hokimi bo‘ldi.

Bunga qadar mamlakat temir yo‘l transport vaziri lavozimini egallagan Bayram Annameredov va “Turkmanavtoyo‘llari” davlat konserni raisi bo‘lib ishlangan Dadeboy Amangeldiyev yangi bosh vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Annameredov hukumatda transport va aloqaga javob bersa, Amangeldiyev – qurilish va elektroenergetika masalalari bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, davlat rahbari Mammetniyoz Nurmammedovni Turkmaniston prezidenti va hukumati devoni ishlar boshqaruvchisi etib tayinladi. Miratniyoz Abilov esa mamlakat kommunal xo‘jalik vaziri bo‘lib ishlaydigan bo‘ldi. U avval mamlakat poytaxti hokimi edi.

Bundan tashqari, Berdimuhamedov Balkon viloyati hokimi Durdi Durdiyevni o‘z ishida yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari sabab ishdan bo‘shatdi.

Top