09:00 / 14.01.2017
12412

UFC Meyuezer va Makgregorning har biriga 25 mln dollardan taklif etmoqda

Foto: AP

Mutlaq jang chempionati (UFC) rahbari Deyna Uayt amerikalik bokschi Floyd Meyuezer hamda aralash uslub bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregorga, boks shartlari asosida kuch sinashishlari uchun 25 mln dollardan taklif qildi. Uayt so‘zlarini ESPN telekanali keltirmoqda.

Avvalroq, OAVda Meyuezer kichik jang tashkil etish uchun Makgregorga 15 mln dollar taklif qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

"Floyd mana senga munosib bo‘lgan taklif. Men – yaxshi pul taklif qila oladigan yagona kishiman. Biz ikkingizga ham 25 mlndan beramiz va shundan keyin "pay-per-view" (pulli televideniya xizmati) shartnomasi bo‘yicha summani aniqlaymiz", - deb aytgan Uayt.

O‘z navbatida, Meyuezer kichik Uayt so‘zlari haqida TMZ portali bergan savolga javob berar ekan, uni masxaraboz deb atagan hamda muxbirga qo‘l soatini namoyish qilgan. Floydning so‘zlariga ko‘ra, birgina soatining narxi 7 raqamli summadan iboratdir. Ammo amerikalik bokschi qimmatbaho soatning aniq qiymatini aytmagan. 

Barcha davrlarning eng ko‘p haq to‘lanadigan bokschisi hisoblanadigan 39 yoshli Meyuezer hisobida 49 ta g‘alaba bo‘lib, shundan 26 tasini nokaut bilan yutgan. Biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. U besh vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. Amerikalik bokschi 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi ham hisoblanadi. 

28 yoshli Makgregor esa, aralash jang uslubida 23 marta kuch sinashgan, shundan 20tasida (17 nokaut) g‘alaba qozongan. Uch bora mag‘lub bo‘lgan. U o‘zining ilk UFC kamarini 2015 yilda qo‘lga kiritgan. 

Top