20:40 / 14.01.2017
15231

Jurnalist Britaniyaga hech qanday hujjatsiz 18 daqiqada kira oldi

Foto: ©Daily Mail

Daily Mail nashri ayol jurnalisti Syu Rid Buyuk Britaniya xavfsizligidagi zaif joyni aniqladi. U hujjatlarsiz mamlakatga bemalol kira olishga muvaffaq bo‘ldi.

Muxbir Fransiyadagi Kale shahrida xususiy samolyotni ijaraga oldi. Aynan shu yerda muhojirlar lageri joylashgan edi. Rid bor-yo‘g‘i 18 daqiqa ichida Angliya janubidagi Kent aeroportiga yetib keldi.

Foto: ©Daily Mail

Kentda ham, Kaleda ham muxbirlarning pasportlari biror marta tekshirilmagan. Reyd bu sayohatining fotosuratlarini chop etdi.

Foto: ©Daily Mail

"Ko‘rinishicha, xavfsizlik xizmati xodimlari terrorchi yoki muhojir bu yo‘l bilan mamlakatga kela olishini xayollariga ham keltirmaydilar. Hammasi ko‘rinishicha, aynan shunday sodir bo‘ladi. Bizni himoyalashi kerak bo‘lgan chegaralar xavfsizligini ta'minlash tizimini kulgiga qoldirdik", deb aytdi muxbir.  

Muxbir 2016 yil sentabrda xuddi shunga o‘xshash tajriba o‘tkazgandi. Biroq u bu holda qayiqdan foydalangan. Ayol kichik qayiqni ijaraga olib, Angliyaning janubiy sohilidan La-Mansh bo‘g‘ozi orqali Fransiyaga kichik harbiy kema ortida suzib o‘tgan. U shu yo‘l bilan yana orqaga hech qanday muammosiz qayta olgan.

Mavzuga oid
Top