11:52 / 15.01.2017
8825

Duterte Filippinda harbiy holat rejimini e'lon qilishga tayyor

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakatda giyohvandlik muammosi tufayli harbiy holat rejimini joriy qilmoqchi.

«Istasam, jiddiy tarqalayotgan bu muammoni bartaraf etish uchun harbiy holat e'lon qilaman», — deya Dutertening so‘zlarini keltirgan Reuters.

U o‘zini hech kim to‘xtata olmasligini, Oliy sud yoki kongressga bo‘ysunmasligini qo‘shimcha qilgan.

Duterte prezidentlikka saylanganidan buyon giyohvandlikka qarshi kurash olib bormoqda. U giyohvandlarni o‘z qo‘li bilan o‘ldirgani haqida ham aytib o‘tgan.

U bu harakatlarini aholini tahdidlardan himoyalash niyati bilan oqlamoqchi bo‘ladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Filippinda 4 millionga yaqin kishi giyohvandlik muammosidan jabrlangan.

Bundan oldinroq, u bir qancha merlarni narkosavdogarlar bilan aloqalari uchun o‘ldirishi bilan tahdil qilgandi.

Mavzuga oid
Top