00:17 / 15.01.2017
8565

Xitoy "yagona Xitoy" siyosatini qayta ko‘rib chiqishning imkoni yo‘qligini ma'lum qildi

Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lu Kan AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning uning boshqaruvi vaqtida AQShning "yagona Xitoy" siyosatiga munosabatlari haqidagi bayonotiga javob berdi. 
     
"Dunyoda faqat bitta Xitoy bor. Tayvan Xitoyning ajralmas qismi hisoblanadi. Xitoy hukumati Xitoyni bildiruvchi yagona qonuniy hukumat hisoblanadi. Bu dunyoda, hech kim o‘zgartira olmaydigan umumtan olingan faktdir", deb aytdi Lu Kan.

Lu Kan shuningdek "yagona Xitoy" tamoyili Xitoy-AQSh munosabatlarini qurish uchun asos hisoblanishi va qayta ko‘rib chiqilmasligini aytdi.

Avvalroq Tramp AQSh "yagona Xitoy" siyosatini qo‘llab-quvvatlamasligi mumkinligini aytgandi.

Top