AQShning yangi saylangan prezidenti matbuot markazini Oq uydan qo‘shni binolardan biriga ko‘chirishni istamoqda. Bu haqda Esquire nashri Trapm jamoasidagi 3 manbaga asoslanib xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, agar bu reja amalga oshsa, prezident matbuot anjumanlari Oq uy ro‘parasidagi Lafayyet-skver binosida yoki, ma'muriy kantselyariyaning eski binosida o‘tkaziladigan bo‘ladi.
Oq uyning bo‘lajak matbuot kotibi Shon Spayser bu bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagani, bu masala muhokama jarayonida ekanini ma'lum qilgan.