23:50 / 16.01.2017
11887

XVF: 2017-2018 yillardagi iqtisodiy faollik tezlashishi kutilmoqda

2016 yildagi sekin o‘sish ko‘rsatkichlaridan keyin 2017-2018 yillardagi iqtisodiy faollik, taxminlarga ko‘ra, tezlashadi, bu ayniqsa  rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli. International Monetary Fund (Xalqaro Valyuta Fondi - XVF) rasmiy sahifasida shu haqida xabar berildi

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning 2017-2018 yilgi istiqbollari yaxshilandi, bu 2016 yilning ikkinchi yarmidagi yuqori faollik hamda Qo‘shma Shtatlardagi rejalashtirilgan moliyaviy rag‘batlantirish ifodasidir. 

Moliyaviy shart-sharoitlar qat'iylashtirilgan rivojlanayotgan mamlakatlar va bozori shakllanayotgan mamlakatlar uchun o‘sish istiqbollari biroz yomonlashgan. Iqtisodiyotni rag‘batlantirish chora-tadbirlari kutilayotgani hisobiga Xitoy istiqbollarining yaqin orada o‘sishi qayta ko‘rib chiqilgan, lekin boshqa yirik mamlakatlar - Hindiston, Braziliya va Meksika istiqbollari prognozlari pasaytirilgan.

Dunyo bozorlari AQSh hukumati tepasiga Donald Trampning yangi respublikachi ma'muriyati kelishi munosabati bilan mamlakat iqtisodiy siyosatida o‘zgarishlar bo‘lishini kutishmoqda. Xalqaro valyuta fondining yangilangan prognoz-tahliliy hisobotini taqdim etgan bosh iqtisodchi Moris Obstfeld shu haqida ma'lum qildi. 

"Bozorlar Oq uy va Kongress olti yil ichida birinchi marta bir partiya qo‘lida ekanligiga diqqatni qaratmoqda va bu o‘zgarish soliq stavkalarini kamaytirishga va ehtimol, infratuzilma va mudofaa xarajatlari oshishiga ishora qiladi", - deydi Obstfeld. 

Shu asnoda XVF AQShdagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘sish tomon qayta ko‘rib chiqdi - 2017 yilda 2,3 foizga va 2018 yilda 2,5 foizga. Biroq iqtisodchi AQShning davlat xarajatlari va unga doir ko‘rsatkichlari qanchalik o‘sishi ayon bo‘lganidan keyingina nisbatan aniq prognozlar qilish mumkinligini ta'kidladi. 

Hindistonda joriy (2016-2017) va kelasi moliyaviy yildagi o‘sish prognozlari bir va 0,4 foiz punktga pasaytirilgan, bu eng avvalo mamlakatdagi naqd pul yetishmovchiligi va eski banknotalarni yangilariga almashtirish amaliyotlari bilan bog‘liq. 

Osiyoning boshqa rivojlanayotgan mamlakatlaridagi o‘sish baholari Indoneziyada kutilganidan kamroq xususiy investitsiyalar darajasi hamda Tailandda - iste'mol va turizm o‘sishi sekinlashayotgani tufayli pasaytirilgan. 

Mavzuga oid
Top