17:14 / 16.01.2017
26548

Qirg‘iziston transport vazirligi Boeing 747 qulashiga oid ilk taxminini e'lon qildi

© REUTERS/Vladimir Pirogov

16 yanvar kuni Bishkekning Manas aeroporti yaqinida halokatga uchragan Turkiyaning Boeing 747 samolyoti qo‘nish maydonidan uchib o‘tgan va fyuzelyaji bilan to‘siqlardan biriga tegib ketgan. Shundan so‘ng, havo layneri aeroport yaqinidagi aholi qo‘rg‘oniga qulab tushgan. Bu haqda, Jogorku Keneshning transport, kommunikatsiyalar, arxitektura va qurilish bo‘yicha qo‘mitasi raisi Marat Amankulov 24.kg agentligiga ma'lum qilgan.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot sharqdan g‘arbga yo‘nalgan holda 255-kurs bo‘yicha qo‘nish uchun pasaygan, ammo, qo‘nish yo‘lagidan uchib o‘tgan va fyuzelyaj bilan to‘siqqa urilgan, so‘ngra dacha qo‘rg‘oniga qulab tushgan. Alanga bartaraf etilgan, halok bo‘lganlarning aniq soni ma'lum emas", - deya Amankulov so‘zlarini keltiradi agentlik. 

Avvalroq, Qirg‘iziston fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbari o‘rinbosari Bakit Junushaliyev samolyot noma'lum sabablarga ko‘ra, ikkinchi davra uchun havoga ko‘tarilishga uringani haqida gapirgan edi. 

Transport vazirligining ta'kidlashicha, samolyot Hongkongdan Bishkek orqali Istanbulga tijorat parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan. "Parvoz 4+1 jadvali bo‘yicha, ya'ni 4 nafar ekipaj a'zosi va bir kuzatuvchi ishtirokida amalga oshirilgan. Kuzatuvchi ushbu bortda bo‘lgani hozircha noma'lum", - degan Junushaliyev. 

Turkiyaning MyCargo Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot Dacha-Suu qo‘rg‘oniga qulab tushgan. Buning oqibatida 43 ta hovli-joydan 32 tasi zararlangan yoki butunlay vayron bo‘lgan. So‘nggi ma'lumotlarga binoan, 37 kishi halok bo‘lgan. Fojia joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. 

BIShKeKDA SAMOLYoT QULAShI >>>

 

Mavzuga oid
Top