17:39 / 16.01.2017
16702

OAV: AQSh ikki Koreyaning birlashishiga to‘sqinlik qilmoqda

AQSh "Koreya yarim orolidagi shimol va janubning birlashishiga to‘siq bo‘lib turibdi". KXDRning markaziy gazetasi "Nodon sinmun" shunday fikrni ilgari surmoqda.

Nashrda chop etilgan maqolada qayd etilishicha, "Vashington koreyslar o‘rtasida ziddiyatni kuchaytirish va Koreya xalq demokratik respublikasini qamal qilishga urinmoqda". Bundan tashqari, nashrga ko‘ra, "AQSh ma'muriyati Shimolga bostirib kirish uchun Janubiy Koreyadan zarba beruvchi brigada sifatida foydalanishni rejalashtirgan".

"Nodon sinmun"ning ta'kidlashicha, Amerika hukumati "barcha koreyslarning birlashishga bo‘lgan urinishini tushunish, ushbu jarayonga to‘sqinlik qilayotgan konservativ kuchlarni qo‘llab-quvvatlash g‘oyasi voz kechish hamda Pxenyanga dushmanona kayfiyatda bo‘lish siyosatidan voz kechish vaqti kelganini anglashi lozim".

Avvalroq, KXDR milliy birlashish kengashi Janubiy Koreyani "Shimoldagi vatandoshlarga nisbatan dushmanlik siyosatiga barham berish"ga chaqirgan edi.
 

Top