18:52 / 16.01.2017
6878

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 ishlab chiqarilishi to‘xtatilishidan qancha zarar ko‘rishi ma'lum qilindi

Samsung korporatsiyasi o‘z-o‘zidan portlab ketishi mumkin bo‘lgan Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatish qarori sababli 19 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Nashr mutaxassislarining ta'kidlashicha, kompaniya Galaxy Note 7 ishlab chiqarishini to‘xtatishdan 17 mlrd dollar ziyon ko‘radi. Agar foydalanuvchilar barcha sotib olingan smartfonlarni qaytarishsa, unda ulardan har biriga beriladigan tovon puli 850 dollarni tashkil qiladi. Shu sababli Samsung yana 2,2 mlrd dollar zarar ko‘radi.

Nashr manbasining ta'kidlashicha, korporatsiya ichki tergovi natijalariga ko‘ra, smartfonlarning alangalanib ketishiga akkumulyatorlari sabab bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, Samsung rasmiy natijalarni 23 yanvarda chop etadi.

Mavzuga oid
Top