15:26 / 17.01.2017
5983

British American Tobacco AQSh kompaniyasini deyarli 50 milliard dollarga xarid qilmoqda

Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri British American Tobacco (BAT) Reynolds American’ning 57,8 foiz aksiyalarini 49,4 milliard AQSh dollari evaziga xarid qilmoqda. Bu haqda BAT saytida taqdim etilgan matbuot-relizida so‘z yuritilgan.

Ayni damda British American Tobacco Reynolds American’ning 42,2 foiziga egalik qiladi. Shu tariqa, kompaniya Reynolds’ning 100 foizini o‘z boshqaruvi ostida birlashtirmoqchi.

BAT taxminan 24,4 milliard AQSh dollarini naqd pulda, qolgan mablag‘larni esa British American Tobacco aksiyalari yordamida to‘lab beradi.

Ma'lumot uchun, Reynolds American 2004 yilda tashkil etilgan. U AQShdagi eng yirik ikkinchi tamaki kompaniyasi sanaladi.

Top