07:55 / 17.01.2017
89989

Istanbul terakti ijrochisi qo‘lga olindi

Yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klublardan birida qo‘poruvchilikni amalga oshirgan Abdulqodir Masharipovni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot yakunlandi. Kelib chiqishi o‘zbekistonlik ekani aytilayotgan terrorchi Istanbulning Esonyurt tumanida qo‘lga olingan, deb xabar qilmoqda NTV telekanali. 

Xabarlarga ko‘ra, Masharipov qirg‘izistonlik gumashtasining uyida yashirinib kelayotgandi. U bu yerga uch kun avval ko‘chib kelgan. “Abu Muhammad Xurosoniy” nomi bilan tanilgan Masharipovning yonida to‘rt yarim yoshli o‘g‘li ham bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, politsiya amaliyoti chog‘ida terrorchida o‘qotar qurol bo‘lmagan va qarshilik ko‘rsatmagan.

Istanbulning Reina klubida sodir etilgan xunrezlik oqibatida 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 nafari shifoxonaga yotqizilgan edi. 

Top