15:37 / 17.01.2017
25428

Kreml Putin samolyotining nima uchun ta'mirlanganiga izoh berdi

foto : ria.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyotining ta'mirlanishi kutilmagan holat bilan bog‘liq emas. Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonot berishicha, davlatning birinchi shaxslari foydalanadigan maxsus "Rossiya" parvoz guruhining barcha samolyotlariga texnik va xavfsizlik nuqtai-nazaridan o‘ta yuqori talablar qo‘yiladi. 

"Texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshirilmoqda. Bilasizmi, davlatning birinchi shaxslariga xizmat qiluvchi parvoz guruhi foydalanadigan samolyotlar, tabiiyki, maxsus nazorat ostida bo‘ladi. Shunga ko‘ra, zaxiralash, tekshirish va shu kabi talablar kuchaytirilgan bo‘ladi. Aynan mana shu jarayonlar amalga oshirilmoqda", — degan Peskov jurnalistlarga. 

Shu bilan birga, ta'mirlash kutilmagan holat bilan bog‘liqmi?, degan savolga  "yo‘q", - deya javob bergan. 

"Izvestiya" nashrining yozishicha, Putinning xorijiy safarlarda foydalanadigan Il-96-300 VIP-borti chap qanotiga biroz zarar yetgan, stabilizator ustki qismiga ham talofat yetgan. Samolyotni ta'mirlash bo‘yicha tender davlat xaridlariga doir saytda e'lon qilingan. 

Mavzuga oid
Top