13:42 / 17.01.2017
3689

Mercedes jamoasida Niko Rosbergning o‘rnini kim egallashi ma'lum bo‘ldi

Mercedes Formula-1 jamoasida kelasi mavsumdan finlyandiyalik Valtteri Bottas ishtirok etadi. U o‘z faoliyatini yakunlagan Niko Rosberg o‘rniga keladi. Sportchi bilan shartnoma imzolangani dushanba, 16 yanvar kuni rasman tasdiqlandi.

Bottas keyingi mavsum uchun Williams jamoasi bilan shartnoma imzolab bo‘lgandi, biroq «Mersedes» safida 2017 yilgi poygalarda qatnashishga qaror qildi. Uning Williams’dagi o‘rnini o‘tgan yili o‘z faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qilgan, biroq keyinchalik poygalarga qaytishga qaror qilgan Felipe Massa egallaydi. Massa bilan ham bir yillik shartnoma imzolandi.

Valtteri Bottas Formula-1’da 2013 yildan ishtirok eta boshlagan. U o‘tgan mavsumni sakkizinchi o‘rinda yakunladi. 

Mavzuga oid
Top