13:38 / 17.01.2017
14662

Venera sayyorasida juda ham yirik to‘lqin aniqlandi

Venera sayyorasi atmosferasining ustki qatlamlarida juda ham yirik to‘lqin aniqlandi. «Akatsuki» tadqiqot qurilmasi u soatiga 360 kilometr tezlikda harakat qilishini qayd etgan, deb xabar berdi Nature.

Venera yuzasidagi bosim Yer bilan taqqoslaganda 100 baravarga ko‘proqdir. Quyoshdan ikkinchi bo‘lgan sayyoraning atmosferasi juda ham zich bo‘lib, 95 foizi karbonat kislotasidan iborat.

U yuqori bosim tufayli o‘zini noodatiy suyuqlik sifatida tutadi. Atmosfera sayyoradan 60 marotaba tezroq aylanib, tezligi soatiga 500 kilometrga yetuvchi shamollarni paydo qilishi mumkin.

Veneraga «Akatsuki» tadqiqot qurilmasi 2010 yilning mayida uchirildi. Uning dvigatellarida muammo yuzaga kelgach, zond sayyora yonidan uchib o‘tib, Quyosh atrofida aylanib chiqishga majbur bo‘ldi hamda yana qaytib keldi. Muhandislar «Akatsuki» tezligini pasaytirib, Venera barqaror orbitasiga kiritishning uddasidan chiqishdi.

«Akatsuki» missiyasi rahbari Masato Nakamuraning aytishicha, qurilma Venera atmosferasida Y harfiga o‘xshash sirli tuzilishni topishga yordam berdi. 

Atmosfera yuqori qatlamlaridagi to‘lqinlar balandligi 10 ming kilometrni tashkil qiladi. Ma'lum bo‘lishicha, Venera atmosferasi sayyoraning o‘ziga nisbatan ancha tez harakatlanadi.

Olimlar bu atmosfera tortishish to‘lqini, degan taxminni ilgari surishdi. Odatda bunday to‘lqinlar tog‘ tizmalari va yirik atmosfera frontlarining o‘zaro aloqasi tufayli paydo bo‘ladi. 

Biroq tadqiqotchilar Venerada tog‘ tizmalarini umuman aniqlashmadi. Ehtimol, sayyora yuzasida havo massalari o‘zini noodatiy tutadi, yoki Veneraning relefi boshqacha ko‘rinishga ega.

Mavzuga oid
Top