19:01 / 18.01.2017
11406

AQShda yuzlab delfinlar o‘lik holda topildi

AQShning Florida shtatida yuzlab delfinlar o‘lik holda topildi. Olimlar ular nima sababdan qirg‘oqqa chiqib qolganiga izoh bera olishmayapti.

Palm Beach Post mahalliy nashri ma'lumotlariga ko‘ra, o‘nlab dengiz jonivorlarining qirg‘oqqa chiqib qolgani haqidagi ilk xabar 14 yanvar, shanba kuni tarqalgan. Ularni turistlardan biri "Evergleyds" milliy bog‘ida hududida ko‘rib qolgan. 

AQSh okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga mutaxassislar guruhi yetib borgan. Ular delfinlarni qutqarib qolishga harakat qilmoqda. Olimlar bunday jonivorlarning 81tasi o‘lganini ma'lum qilishgan, yana 13 delfinning ahvoli og‘ir holatda. Mutaxassislar ularning tanasi hududga ko‘plab akulalarni jalb qilishi mumkinligidan xavotirda. Fuqarolarni bu joyga bormaslikka chaqirishgan.

Bunday yirik delfinlar guruh bo‘lib yashaydi hamda uzunligi olti metr, og‘irligi esa tonnadan oshishi mumkin. Floridada bunday holat 1986 va 1989 yillarda ham kuzatilgan.

Stranded No More tashkilotining bunday jonivorlarni himoya qilish bo‘yicha mutaxassislari fojiali hodisaga PGB Pioneer tadqiqot kemasi tomonidan yaqin atrofda olib borayotgan dengiz tubini seysmorazvedka qilish ishlari sabab bo‘lgani mumkinligini aytishgan. Biroq, olimlar delfinlarning ommaviy ravishda halokati nima sababdan ro‘y berganiga haligacha aniq izoh berishgani yo‘q.

Mavzuga oid
Top