13:01 / 18.01.2017
4769

Litvalik mahbus unga internetni cheklagan hukumatga qarshi ishni yutdi

Foto: © Fotolia

Strasburgdagi Yevropaning inson huquqlari bo‘yicha sudi 17 yanvarda Litva Pravenishkes axloq-tuzatish koloniyasida jazo o‘tayotgan mahbusning huquqlarini buzganligini e'lon qildi. Bunga hukumatning mahbusga masofadan turib o‘qish izlashida internetdan foydalanishni taqiqlagani sabab bo‘lgan. 

Mahbus Xenrikas Yankovskis sudga koloniya ma'muriyati unga internetdan foydalanish imkoniyatini berishni taqiqlaganidan keyin murojaat qilgan. 

"Litva axloq-tuzatish koloniyasidagi mahbusning huquqlarini buzgan. Unga o‘qish qidirish maqsadida internetdan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan", deyilgan sud qarorida.

Sud hakamlik hay'ati "bunday qarorlar Yevropaning inson huquqlarini himoya qilish konvensiyasini buzishini, chunki internetdan foydalanish inson huquqi hisoblanishini" e'lon qilgan. Sud mahbusning unga 30 ming dollar tovon puli to‘lash iltimosini rad etdi. Sudyalar bu vaziyatda qoidabuzarlik tasdiqlanishining o‘zi yetarli deb topganlar.   

Mavzuga oid
Top