09:42 / 18.01.2017
10717

Londonda Rossiyaning Ukrainaga da'vosi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

Foto: Flickr/ Jiong Sheng

London Oliy sudi 17 yanvarda Rossiyaning Ukrainaga 3 mlrd dollarlik yevroobligatsiyalar chiqarish bo‘yicha qarzi bo‘yicha da'vosini ko‘rib chiqishni boshladi. Rossiya 2016 yil fevralda sudga Ukrainadan 3 mlrd dollar va 75 mln dollarlik to‘lanmagan foizlarni undirish bo‘yicha da'vo arizasi topshirgandi.    

Ukraina Rossiyaning da'vosiga e'tirozlarda ushbu qarz bo‘yicha kelishuv bir qator sabablarga ko‘ra "haqiqiy hisoblanmasligi va majburiy bajarilishi shartmasligini" aytgan. 

Sudda Rossiya manfaatlarini Debenture Trust Corporation yuridik kompaniyasi huquqshunosi, qirollik advokati Mayk Xovard himoya qilmoqda, hakam etib Uilyam Bler tayinlangan.

Ukrainaning 3 mlrd dollarlik suveren yevrobligatsiyalari 2013 yil oxirida nobozor shartlarida joylashtirilgan edi. 2015 yil oxirigacha Kiyev qarzni risoladagidek to‘lab kelgan, biroq keyin bu obligatsiyalar bo‘yicha defoltga yo‘l qo‘ygan. 

Top