01:23 / 18.01.2017
18617

Oq uy Trampga "yo Rossiya, yo AQSh razvedkasi pozitsiyasini" tanlashni taklif etdi

Foto: © AFP

AQShning yangi ma'muriyatiga yo Rossiya, yo AQSh razvedkasi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini aniqlab olishi kerak, deb aytdi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest.  

Jurnalistlar Ernestdan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQShda dalillarni soxtalashtirish bilan shug‘ullanuvchilar fohishalardan battaroq degan so‘zlariga izoh berishni so‘rashgan.

Oxirgi matbuot-anjumanini o‘tkazayotgan Ernest bunga javoban AQSh razvedkasi a'zolari "Rossiya borasida birinchi marta bunday noqulay narsalar gapirmayotganini" aytdi.

"Bu yerda aniq farqlash bor. Bir tomonda – Amerika razvedkasi a'zolari hamda ruslar bizning demokratiyani shubha ostiga qo‘yishga intilishda qo‘llayotgan usullardan xavotirlanayotgan AQSh kongressi demokratlari va respublikachilari bor. Boshqa tomonda esa Wikileaks va ruslar. Yangi ma'muriyat esa o‘z pozitsiyasini aniqlab olishi kerak", deb aytdi Ernest.

Top